MetaTrader 5 savdo terminali
Foreks bozorida savdo qilishga yangicha yondashuv! Yanada ko‘proq vositalar, kengroq imkoniyatlar va o‘z savdo strategiyangizga nisbatan yuksak ishonch! Foreks bozorida savdo qilishga yangicha yondashuv! Yanada ko‘proq vositalar, kengroq imkoniyatlar va o‘z savdo strategiyangizga nisbatan yuksak ishonch! Gerchik & Co’dan o‘rnatilgan strategiyalar testeri va ekspert maslahatchi. MT5 — kelajak savdo terminali.
MetaTrader 5’da treyder uchun imkoniyatlar
MetaTrader 5’ni o‘rnatish orqali siz Gerchik & Co’ning barcha savdo vositalariga, jumladan 100 dan ortiq valyuta juftliklari hamda aksiyalar, indekslar, ETF, kriptovalyutalar, metallar va xomashyo bo‘yicha 1560 dan ortiq CFD vositalariga ega bo‘lasiz. MT5’da tahlil va savdo qilish uchun quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:
- 21 ta taymfreym;
- kechiktirilgan (kutayotgan) orderlarning 6 ta turi;
- 44 ta grafik obyekti;
- 38 ta o‘rnatilgan indikator + cheklanmagan miqdordagi maxsus foydalanuvchi indikatorlari, shu jumladan Gerchik & Co’ning Real Market Volume maslahatchisi;
- iqtisodiy taqvim;
- o‘rnatilgan MQL5.community chati.
MetaTrader 5’da pozitsiyalarni hisobga olishning netting tizimidan tashqari hedjing tizimi ham qo‘shilgan. Netting tizimida siz aktiv bo‘yicha hajm o‘zgarishi aks etadigan bitta umumiy pozitsiyaga ega bo‘lasiz. Hedjing tizimi tufayli esa bitta vosita bo‘yicha bir nechta, jumladan turli yo‘nalishdagi (qarama-qarshi) pozitsiyalarni ochishingiz mumkin.
MetaTrader 5’da ishni qanday boshlash kerak
MetaTrader 5’da ishni qanday boshlash kerak
- Terminalni qurilmangizga yuklab oling va uni o‘rnating. Bu 5 daqiqadan kamroq vaqt oladi.
- Real savdo hisobini ochish uchun Gerchik & Co «Shaxsiy kabinet»ingizga kiring. Agar siz hali kompaniya mijozi bo‘lmasangiz, ro‘yxatdan o‘ting.
Shaxsiy kabinetga kirish
Ro‘yxatdan o‘tish
Shuningdek, siz quyidagini ocha olasiz:
Bepul demo-hisob. - Savdo hisobini MetaTrader 5 terminaliga ulang.
MetaTrader 5 bilan ishlashni qulay boshlash hamda ushbu platformaning MetaTrader 4’dan qanday farq qilishini ko‘rish uchun videoqo‘llanmadan foydalaning.