MetaTrader 4 savdo terminali
Bu — Foreksda savdo qilish uchun qulay, funksional va ishlatish oson bo‘lgan platforma. Turli aktivlar bilan treyding qilishga mos keladi. Eng ommabop savdo platformalari qatoriga kiradi.
MetaTrader 4’da treyder uchun imkoniyatlar
MetaTrader 4 savdo platformasida siz Gerchik & Co’ning 1560 dan ortiq savdo vositalariga, jumladan valyuta juftliklari, kriptovalyutalarga CFD, aksiyalar, fond indekslari, metallar, ETF, neft va gazga ega bo‘lasiz. MT4’da tahlil va savdo qilish uchun quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:
- har qanday strategiyalar bo‘yicha savdo qilish uchun 9 ta taymfreym: skalping, intraday, o‘rta muddatli yoki uzoq muddatli treyding;
- kechiktirilgan (kutayotgan) orderlarning 4 ta turi;
- 31 ta grafik obyekti;
- 30 ta o‘rnatilgan indikator;
- cheklanmagan miqdordagi maxsus foydalanuvchi indikatorlari va maslahatchilari (robotlar).
MetaTrader 4 oddiy interfeysga ega, jumladan rus tilida ham mavjud. Tushunarli menyu va terminalni o‘z talablaringizga moslab sozlash imkoniyati taqdim etiladi.
MetaTrader 4’da ishni qanday boshlash kerak
MetaTrader 4’da ishni qanday boshlash kerak
- Terminalni qurilmangizga yuklab oling va uni o‘rnating. Bu 5 daqiqadan kamroq vaqt oladi.
- Real savdo hisobini ochish uchun Gerchik & Co «Shaxsiy kabinet»ingizga kiring. Agar siz hali kompaniya mijozi bo‘lmasangiz, ro‘yxatdan o‘ting.
Shaxsiy kabinetga kirish
Ro'yxatdan o'tish
Shuningdek, siz quyidagini ocha olasiz:
Bepul demo-hisob. - Savdo hisobini MetaTrader 4 terminaliga ulang.
MetaTrader 4 terminalini qanday o‘rnatish va sozlashni bizning videoqo‘llanmamiz ko‘rsatib beradi.