Foreksda hisobni to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish

Ish vaqti: UTC+3 soat 09:00 dan 18:00 gacha Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Hisobni to‘ldirish
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Shaxsiy kabinet
Gerchik & Co saytida Foreks hisobini qulay to‘ldirish
Savdo nazorati
10+ parametr bo‘yicha savdoni nazorat qilish
Siz order, kun, hafta, oy bo‘yicha xatarlar nazoratini sozlashingiz, shuningdek, chinakam savodli treyding uchun zarur bo‘lgan boshqa parametrlarni ham kiritishingiz mumkin. Algoritmlar Foreksdagi real savdo shartlariga asoslangan. Servis belgilangan parametrlar qiymatini buzishga yo‘l qo‘ymaydi va mablag‘larning sezilarli qismini yo‘qotish xavfi yuzaga kelganda siz bozordan chiqib keta olasiz.
Savdodagi zo‘riqish va hissiyotlarni kamaytirish
Savdodagi zo‘riqish va hissiyotlarni kamaytirish
Ko‘plab ko‘rsatkichlarni doimo yodda saqlashga hojat qolmaydi, tizim qiymatlarni o‘zi nazorat qiladi. «Risk-menejer» Foreksdagi savdoni kamroq hissiy qiladi, chunki me’yordan oshib ketmadimmi yoki xatarlarni ko‘paytirib yubormadimmi degan xavotirlar yo‘qoladi. Shuningdek, RM treyder bozor ketidan quvish jarayonida ham aqlini, ham depozitini yo‘qotib qo‘yadigan hissiy savdo oqibatlarining oldini olishga yordam beradi.
Har bir treyder uchun bepul va tushunarli servis
Har bir treyder uchun bepul va tushunarli servis
Har bir treyder Foreksdagi xatarlarni to‘g‘ri nazorat qila olishi uchun kompaniya ushbu servisni yaratdi. Va uni hamma uchun bepul qildi. Siz shunchaki uni MetaTrader 4 yoki MetaTrader 5’dagi real yoki demo-hisobingizga ulaysiz. Oddiy interfeys va barcha sozlamalar izohlari bilan berilgan, ularni har qanday yangi boshlovchi ham osonlikcha tushunib oladi. Zero, barcha daho narsalar — oddiydir.
Izohlar:
• Texnik sabablarga ko‘ra mablag‘larni bank kartalariga yechib olish vaqtincha mavjud emas. Muammoni bartaraf etish ustida allaqachon ishlayapmiz. Tushunganingiz uchun rahmat. • Komissiyani to‘lov tizimi mablag‘lar yuborilayotgan paytda ushlab qoladi. • Mablag‘larni faqat hisob to‘ldirilgan rekvizitlarga yechib olish mumkin. • USD’da Bank Transfer orqali mablag‘ kiritish va yechib olish vaqtincha mavjud emas • To‘lov kartalari orqali mablag‘ o‘tkazish va yechib olish faqat kartani verifikatsiya qilgandan keyin amalga oshiriladi. Yangi kartaga mablag‘ yechib olish kartani verifikatsiya qilgandan keyin, balans hisobini minimal summaga to‘ldirish orqali mumkin bo‘ladi: Visa kartasi bo‘lsa — 1$/EUR dan, MasterCard kartasi bo‘lsa — 2$/EUR dan. • Bank o‘tkazmalarining muddatlari va komissiyalari jo‘natuvchi bankning shartlari bilan belgilanadi. • To‘lov tizimi limitlariga ko‘ra, to‘lov kartalariga mablag‘ to‘lovi kuniga 15 000 yevrodan (yoki ko‘rsatilgan summaning boshqa valyutadagi ekvivalentidan) oshmasligi kerak. • Mablag‘larning to‘lov kartasiga tushish muddati to‘lov tizimlari qoidalariga ko‘ra 1 kundan 14 kungacha bo‘lishi mumkin. • Hisob kriptovalyuta bilan to‘ldirilganda, uning yuqori volatilligi tufayli to‘ldirish summasi Kompaniya tomonidan qabul qilingan paytdagi ushbu valyutaning tegishli kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi mumkin. • Hisobdan kriptovalyutalar yordamida mablag‘ yechib olish to‘lov provayderining kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. • Gerchik & Co brokeri elektron va kriptovalyutalarni almashtirishni amalga oshirmaydi, tegishli servislarni taqdim etish bilan bog‘liq emas hamda Kompaniya tizimidan foydalangan holda elektron va kriptovalyutalarni sotib olish yoki sotishga qaratilgan har qanday operatsiyalarni cheklaydi, savdo va/yoki investitsiya operatsiyalarini amalga oshirish natijasida olingan foydani yechib olish bilan bog‘liq operatsiyalar bundan mustasno. • Gerchik & Co mijozning to‘lov provayderi tomonidagi kriptovalyutani almashtirish kursi uchun javobgar emas. • Mablag‘larni kiritish va yechib olish bo‘yicha barcha operatsiyalar faqat balans hisoblari orqali amalga oshiriladi. Mijoz mablag‘larni to‘ldirish yoki yechib olish uchun o‘z balans hisobiga «Shaxsiy kabinet»da kirish huquqini olishi mumkin. • Mablag‘larni kiritish va yechib olish faqat ish vaqtida mumkin (Du–Ju: 09:00–18:00 UTC+2 yozgi vaqt / UTC+3 qishki vaqt). • Balans hisobini to‘ldirish uchun yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan to‘lov usullaridan foydalaning. • Savollar tug‘ilgan taqdirda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling: «Kontaktlar» bo‘limida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling yoki aloqa formasini to‘ldiring. • Murojaatlar faqat ish vaqtida ko‘rib chiqiladi. • E’tibor bering! Mablag‘ o‘tkazish komissiyasi miqdori bank komissiyasi yoki to‘lov tizimi komissiyasiga teng. Gerchik & Co brokeri mijozlardan Foreksda mablag‘ kiritish va yechib olish uchun komissiya olmaydi. • Mablag‘larni o‘tkazish muddatlari tranzaksiyalarni qayta ishlashning standart tartibiga mos keladi va Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan ayrim omillar (to‘lovni jo‘natish vaqti va boshqalar) ta’sirida qisqarishi yoki uzayishi mumkin. • Gerchik & Co Mijoz shartnomasining 3.7-bandiga muvofiq, uchinchi shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish taqiqlanadi. • Mijoz shartnomasining 3.8 (d)-bandiga muvofiq, agar hisob bank o‘tkazmasi va/yoki elektron to‘lov tizimi yordamida to‘ldirilgan bo‘lsa, pul mablag‘lari faqat xuddi shu usul bilan yechib olinishi mumkin: bank o‘tkazmasi orqali xuddi shu bankka va Mijozning xuddi shu hisobiga yoki xuddi shu elektron to‘lov tizimi orqali hisob to‘ldirilgan xuddi shu hisobga — proporsional yechib olish tamoyiliga muvofiq (agar dastlabki to‘ldirishlar turli hisoblardan amalga oshirilgan bo‘lsa), to‘ldirish hajmlariga mutanosib ravishda va foydani hisobga olgan holda. Mablag‘ yechib olishda oluvchining ismi Kompaniya ma’lumotlar bazasidagi Mijoz ismiga aniq mos kelishi kerak.